Yettita NATO davlati Ukrainani alyansga qabul qilishga qarshi – “Politico”

Olam

image

NATOning bir qator davlatlari, jumladan, AQSH va Germaniya Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning talablariga bo‘ysunib, uni darhol alyansga taklif qilishga tayyor emas. Chunki ular Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuvdan xavotirda. Bu haqda AQSH va NATOning to‘rt nafar amaldor va diplomatlariga tayanib, “Politico” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya va AQSH birinchilardan bo‘lib Kiyevni blokka taklif qilishdan tiyilmoqda. Belgiya, Sloveniya va Ispaniya kabi davlatlar AQSH va Germaniyaning ortiga yashirinmoqda. Ular Ukrainani NATOga qabul qilishni xohlamaydi. Bunga, shuningdek, Vengriya va Slovakiya ham qarshi chiqmoqda.

Nashr manbasiga ko‘ra, alyans mamlakatlari Ukrainani NATOga qabul qilishni faqat nazariy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi va bu masala haqiqatga aylansa, unga faol qarshilik ko‘rsata boshlaydi. “Politico”ning yozishicha, alyansning asosiy a’zolari Kiyevni blokka taklif qilishni kechiktirishiga sabab ular Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri urushdan qo‘rqmoqda.

Nashrning yana bir manbasiga ko‘ra, AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining fikricha, Yevropa Ittifoqi davlatlarining aksariyati Ukrainani yaqin kelajakda NATOga qabul qilishni qo‘llab-quvvatlamaydi. Shu bilan birga, Kiyevni kelajakda alyansga taklif qilish ehtimoli faqatgina Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha majburiy islohotlar bilan bog‘liq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Zelenskiy AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha jurnalistlar bilan uchrashuvda Ukraina yadro qurolini qaytarishni so‘ramayotganini, lekin Rossiya agressiyasidan o‘zini himoya qila olish uchun NATOga qo‘shilishi zarurligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh NATO Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing