YeTTB “Uzbekistan Airports”ga 28 mln yevro bermoqchi
Jamiyat
−
18 may 2023
4789Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) “Uzbekistan Airports” AJga xalqaro aeroportlarda aeroport uskunalarini modernizatsiya qilish uchun 28 million yevrogacha bo‘lgan uzoq muddatli kredit bermoqchi. Bu haqda bankning Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan 32-yillik yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, mazkur mablag‘lar evaziga “Uzbekiston Airport” AJ 76 dona yangi aeroport maxsus texnikalari xarid qilinadi.
Forum so‘nggida “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva va YeTTBning Yevroosiyo bo‘yicha infratuzilma departamenti direktori Yekaterina Miroshnik mandat shartnomalarini almashgan.
“Bank mablag‘lari hisobidan yo‘lovchi tashuvchi avtobuslar, yuk tashuvchi texnikalar, lentali yuk uzatuvchilar, samolyot buksirlari, samolyotlarni suv bilan to‘ldirish va hojatxona bo‘limlariga xizmat ko‘rsatish uchun maxsus avtomashinalar, ambulator avtoliftlar, tozalovchi, muzdan tozalash mashinalari va boshqalar xarid qilinadi”, deydi “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva.
Ahamiyatlisi shundaki, bu moliyalashtirish O‘zbekiston kafolatisiz amalgga oshiriladigan davlat kompaniyasi bilan hamkorlikdir. Shuningdek, “Uzbekistan Airports” YeTTB bilan 1 million yevrodan ortiq grant mablag‘larini ajratish bo‘yicha kelishuvlarga erishgan.