YeTTB Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyoda yoshlar biznesini rivojlantirish uchun 200 mln yevro ajratadi

Olam

image

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyoda yoshlar biznesini rivojlantirish bo‘yicha yetti yillik 200 million yevrolik dasturni ishga tushirdi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Dastur doirasida bank mintaqadagi yosh tadbirkorlarni moliyalashtirish va ta’lim olish imkoniyatini ta’minlash uchun 200 million yevro (218 million dollar) ajratadi. Dastur 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar boshchiligidagi yoki egalik qiladigan mikro, kichik va o‘rta korxonalarga qaratilgan.

Korxonalar Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyodagi 20 ta hamkor moliya institutlari orqali kredit olishlari mumkin bo‘ladi.

Bank sarmoyasi 30 million yevrogacha bo‘lgan paket bilan to‘ldiriladi.

“YeTTBning mintaqadagi bozor bahosi shuni ko‘rsatadiki, Osiyodagi ko‘plab yoshlar tadbirkorlik nuqtai nazariga ega bo‘lsada, juda ozchilik teng iqtisodiy imkoniyatlarga ega. Ularning atigi 10 foizga yaqini zarur tayyorgarlik va kasbiy bilimlarga ega. Bu muammoni hal qilish Markaziy Osiyo uchun muhim ahamiyatga ega, bu yerda kichik va o‘rta korxonalar umumiy bandlikning deyarli yarmini va mintaqaviy yalpi ichki mahsulotning deyarli 40 foizini tashkil qiladi”, deyiladi bank matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon banki O‘zbekistonga maxsus imtiyozli shartlar asosida 800 mln AQSH dollari miqdorida kredit ajratgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy Osiyo Evropa tiklanish va taraqqiyot banki

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing