Yoshlarning xususiy markazlarda til o‘rganishi uchun 100 mlrd subsidiya ajratiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 300 ming nafar yoshlarning xususiy markazlarda til o‘rganish xarajatlarini qoplash uchun davlat tomonidan 100 milliard so‘m subsidiya ajratiladi. Bu haqda bugun, 11 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Keltirilishicha, yig‘ilishda har bir oliygohda kovorking, teatr studiyalari va raqs maydonchalari bo‘lishi kerakligi ta’kidlangan. Oliygoh rektorlari futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, stol tennisi kabi sport turlari bo‘yicha o‘z klublarini tashkil etishi, bu klublar talabalar sport ligalariga birlashib, doimiy turnirlar o‘tkazib borishi aytib o‘tilgan.

Shuningdek, endilikda mamlakatdagi 206 ta oromgoh yil davomida ishlaydigan tizimga o‘tkazilib, har yili 100 ming nafar yoshlarni qamrab oladi. 

Bundan tashqari, tuman markazidan uzoqdagi mahallalarda sport, madaniyat va san’at yo‘nalishlarida to‘garak ochgan murabbiylarga zarur jihoz uchun 15 million so‘mgacha subsidiya beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev bugun o‘tkazilgan yig‘ilishda yoshlar bandligini ta’minlashda oqsayotgan tumanlarni tanqid qildi. Yig‘ilishda, shuningdek, yoshlar ijtimoiy ahvoliga qarab uch toifaga ajratilishi ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

subsidiya til o'rganish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing