Yoshlar ittifoqi tugatiladi
Jamiyat
−
27 dekabr 2019
35406O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tugatilib, uning negizida Yoshlar ishlari agentligi tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv vaqtida aytib o‘tgan.
Prezident bugun yoshlar bilan uchrashuvda mamlakatda yoshlar siyosatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mas’ul bo‘lgan davlat organiga ehtiyoj borligini ta’kadlagan.
“Germaniyada Oila, keksalar va yoshlar masalalari vazirligi, Fransiyada Yoshlar va sport vazirligi, Turkiyada Yoshlar va sport vazirligi, Singapurda Madaniyat, kommunikatsiya va yoshlar vazirligi, Rossiyada Federal yoshlar agentligi mazkur vazifani bajaradi”, deydi Shavkat Mirziyoyev
Davlat rahbari xalqaro tajribani o‘rganib, yangi agentlik tashkil etish taklifi ishlab chiqilishi kerakligini aytgan.
“Shu munosabat bilan bir oy muddatda rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasidan kelib chiqib, Yoshlar ittifoqi negizida Yoshlar ishlari agentligini tashkil etish, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif kiritilsin”, degan Mirziyoyev.
Ma’lumot uchun, Yoshlar ittifoqi 2017 yil 30 iyun kuni 2001 yilda tashkil etilgan “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati negizida tashkil etilgandi.
LiveBarchasi