Yoshlar ittifoqi binosi karantinga yopildi
Jamiyat
−
14 iyul 2020
8127O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining markaziy kengashi xodimlarida koronavirus aniqlangani sababli karantinga yopildi. Bu haqda YOI matbuot xizmati ma’lum qildi.
Matbuot kotibi Nodir Abduqodirov hozirda Markaziy kengash binosida hech kim ishlamayotganini va bino dezinfeksiya qilish uchun yopilganini aytdi.
“Yoshlari ittifoqida ishlovchi ikki xodimda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Shuning uchun bino dezinfeksiya o‘tkazish uchun bir necha kunga yopildi. Virus chiqqan xodimlardan biri ishga kelib yurgandi, ikkinchisi masofadan ishlardi”, dedi Nodir Abduqodirov.
Shuningdek, yangi tashkil qilingan Yoshlar ishlari agentligi raisi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova o‘zida COVID-19 alomatlari sezilayotganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi