Yoshlar ishlari agentligining vakolatlari kengayadi
Jamiyat
−
19 avgust 2023 7642 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik faoliyati sohasida maxsus vakolatli organ etib belgilandi. Kecha, 18 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan Qonun bilan “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, quyidagilar Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining vazifalari hisoblanadi:
- sohada davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
- normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
- qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Qonun bilan Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining volontyorlik faoliyati sohasidagi vakolatlari belgilandi.
Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga sohada normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlar berildi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025