Yoshlar ishlari agentligi Qarshi shahar bo‘limi rahbari xodimini urib, jag‘ini sindirgani aytilmoqda
3-sahifa
−
14 iyul 2023
8298Yoshlar ishlari agentligining Qarshi shahar bo‘limi rahbari o‘z xodimini urib, jag‘ini sindirgani aytilmoqda. Bu haqda “Millar” dasturida ma’lum qilindi.
Lavhada aytilishicha, xodimning jag‘ qismidan jarrohlik amaliyoti amalga oshirilgan va shu sababli u voqeani bayon etib berolmagan. Ammo uning onasi holat qanday yuz berganini so‘zlab bergan.
“Topshiriqlarni bajardingmi degan va rahbari uni oldiga chaqirgan. Topshiriqlarni boshlig‘iga telefonda ko‘rsatayotganda rahbari o‘g‘limning jag‘iga urgan. U insonning bolasimi? U yoshlarga o‘rnak bo‘lish o‘rniga, urib, jag‘ini sindiryapti”, deydi jabrlanuvchining onasi.
Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilishda rahbar va xodim o‘rtasida o‘zaro hurmatsizlik bo‘lgan. Ya’ni xodim o‘z rahbariga hurmatsizlik qilgan. Ammo yig‘ilishdan so‘ng xonada ularning ikkisi qolgan va shu sababli holat bo‘yicha aniq ma’lumot yo‘q.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari amalga oshirilayotganini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi