“Yoshlar avariyadan o‘lyapti”. Mirziyoyev Transport vazirini tanqid qildi (video)

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yo‘llardagi harakat xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyat ancha ayanchli ahvolda ekanini aytib, mas’ullarni tanqid qildi. Bu haqda u kecha, 20 oktyabr kuni videoselektor yig‘ilishida co‘z ochdi. 

Davlat rahbari yig‘ilishda yo‘l-transport hodisalari oqibatida o‘lim holatlari ortib borayotgani, mas’ullarning esa bunga loqaydligi va mas’uliyatsizligini aytib o‘tdi.

"Yoshlar o‘lyapti, 4000-4200 odam avariyadan o‘lyapti. Bekordan bekor. Sen ham, transport vaziri bo‘la turib, shunga befarq bo‘lmasdan, Prezident qabul qilgan qarorini, svetoforlarni joy-joyiga qo‘yishga mas’ulmisan, yo‘qmi? Nimaga odamlar o‘lishi kerak chorrahalar to‘g‘irlanmagani uchun?" deya savol qo‘ygan Prezident Transport vaziriga.

Shuningdek, mas’ullarning qoniqarsiz faoliyatiga deputatlarning ham e’tiborsizligidan afsusdaligini bildirdi. 

"Nimaga Prezident tashvish qilib, hammani "yondirishi" kerak? Nimaga sizlar (deputatlar) "yonmaysizlar"? Shuncha odam o‘lib ketyapti, ijtimoiy tarmoqlarga qarab bo‘lmaydi – dod-faryod odamlar o‘lgani uchun. Ijtimoiy tarmoq degani – xalqni ovozi degani",  degan Shavkat Mirziyoyev. 

Prezident misol sifatida Xitoy poytaxti Pekin va Rossiya poytaxti Moskvadek yirik shaharlarda tirbandlik deyarli kuzatilmasligini tilga olgan va O‘zbekistonda ham shunga intilish kerakligini tavsiya qilgan.

Selektorda Transport vaziri va boshqa mutasaddilarga jamoat transportini rivojlantirish, svetoforlar va yo‘l chiziqlarini o‘rnatish, tirbandlikning oldini olish, poytaxt ko‘chalari va hududlardagi yo‘llarni tartibga solish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish topshirilgan. 2024 yil bu borada jiddiy o‘zgarishlar yili bo‘lishini ta’minlash vazifasi qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing