Yoshi 100 dan oshgan daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Kecha, 8 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘ining ayrim tabiiy hududlari va ob’ektlaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, “Urung‘och” ko‘li va unga tutash hududlar davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi. 

Mazkur yodgorlik Burchmullo davlat o‘rmon xo‘jaligining bir qismi hisoblanadi va ushbu xo‘jalik tomonidan yerlari olib qo‘yilmasdan va ob’ektga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi har qanday faoliyatni taqiqlagan holda boshqariladi.

Qarorga ko‘ra, “Urung‘och” tabiiy ko‘li va unga tutash hududlarni o‘zgartirishlarsiz saqlash, tog‘ ekotizimi o‘simlik va hayvonot dunyosini qayta tiklash va takror ko‘paytirish “Urung‘och” davlat gidrologik tabiat yodgorligining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Ushbu vazifalarni bajarish uchun O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi mas’ul organ etib belgilandi.

2020 yil 1 martgacha tabiiy ob’ektlar va komplekslar, shu jumladan, yoshi 100 va undan oshgan daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi qarori

Baholaganlar

4

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing