Nukusda opera san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi
Madaniyat-san’at
−
02 Oktabr 2020
4693O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Opera san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021/2022 o‘quv yilidan Qoraqolpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 24-son bolalar musiqa va san’at maktabi negizida opera san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi.
Maktab internat uchun qo‘shimcha bino va inshootlar, shu jumladan 100 o‘rinli yotoqxona va oshxona, 120 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi quriladi.
Maktab internat Madaniyat vazirligi tizmidagi davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi hisoblanadi.
2021/2022 o‘quv yilida maktab-internatning 5, 6 va 7-sinflariga, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab esa 5 sinfiga 25 nafar o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.
LiveBarchasi