Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat jamg‘armasi tashkil etildi
Jamiyat
−
23 Sentabr 2020
5133O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahmasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi huzurida Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Moliya vazirligi G‘aznachiligi huzurida Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat jamg‘armasi tashkil etildi.
Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi.
Qarorga ko‘ra, davlat qarzi hisobiga moliyalashtirilgan loyiha va dasturlar bo‘yicha qarzdor tashkilotlar yoki qayta moliyalashtiruvchi banklar o‘z qarz to‘lovlarini vaqtida va to‘liq amalga oshirmagan holatlarda mazkur qarzdorlik, birinchi navbatda jamg‘arma mablag‘lari, jamg‘arma mablag‘lari yetarli bo‘lmasa Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
Qaror bilan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi huzuridagi Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari uchun to‘lovlar qarzning qoldiq summasiga kamida yillik 0,5 foiz miqdorida belgilanadi.
Qarzdor tashkilotlardan to‘lovlar 30 kalendar kun davomida to‘liq qaytarilmagan taqdirda, mazkur to‘lanmagan qarzdorlik va unga hisoblangan penyalar hamda qo‘llanilgan jarimalar sud tartibida undiriladi.
Kafolat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish hisobi G‘aznachilik tomonidan yuritiladi.
LiveBarchasi