Yerusti metrosining yana 2 bekati foydalanishga topshiriladi

Jamiyat

image

Yerusti halqa metro liniyasining “Turon” va “Qipchoq” bekatlaridagi sinov jarayonlari 15 martga qadar davom etadi, shundan so‘ng ular foydalanishga topshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabar berdi. 

“Bugungi kunda yerusti metro liniyalarini qurish, foydalanishga topshirish, topshirish oldi sinov jarayonlarini o‘tkazish o‘rganilgan xorij tajribasi natijalaridan kelib chiqib, tasdiqlangan me’yoriy texnik talablar asosida amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda. 

Bildirilishicha, mazkur sinov jarayonlari joriy yilning 15 mart kuniga qadar davom ettiriladi. Shundan so‘ng, yerusti metro liniyasining "Turon" va "Qipchoq" bekatlarini o‘z ichiga olgan qismi foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Toshkent metropolitenining yerusti halqa aylanma yo‘li jami 37 ta bekatni o‘z ichiga olishi rejalashtirilgan. Shu vaqtga qadar “Do‘stlik 2” bekatidan “Quruvchilar” bekatigacha bo‘lgan 12 ta bekat ish boshlagandi. Qolgan bekatlar hali qurilish jarayonida.  

Eslatib o‘tamiz, ushbu 2 bekatdagi qatnov Transport vazirligining 2023 yil 14 dekabrdagi 207-sonli “Toshkent shahri yerusti halqa metro liniyasining “Quruvchilar – Qipchoq” uchastkasida poyezdlar qatnovini sinov tariqasida boshlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan 15 dekabr kunidan sinov tariqasida boshlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

bekat Transport vazirligi Erusti metro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing