Yerlarni tiklash uchun har yili 278 mlrd dollar yetishmayapti – BMT
Olam
−
14:03 394 1 daqiqa
2030 yilgacha yerlarni tiklash bo‘yicha global majburiyatlarni amalga oshirish uchun har yili 355 milliard dollar talab etiladi. Bu haqda BMT xabar berdi.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi investitsiyalar hajmi taxminan 77 milliard dollarni tashkil etadi. Shu tariqa, yiliga 278 milliard dollar miqdorida defitsit saqlanib qolmoqda. Yerlarni tiklashga yo‘naltirilayotgan umumiy jahon investitsiyalarining bor-yo‘g‘i 6 foizigina xususiy moliyalashtirish hissasiga to‘g‘ri keladi.
Yerlarning 40 foizgacha bo‘lgan qismi degradatsiyaga uchragan, shu bilan birga mamlakatlar 2030 yilgacha bir milliard gektardan ortiq maydonni tiklash majburiyatini olgan. Xususan, Markaziy Osiyoda 80 million gektardan ortiq yer degradatsiyaga uchragan, bu mintaqa hududining chorak qismidan ko‘prog‘ini tashkil etadi va 24 million kishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, Markaziy Osiyoning barcha beshta mamlakati yerlar degradatsiyasining neytral balansiga erishish bo‘yicha o‘z oldiga vazifalar qo‘ygan va bu majburiyatlarning yarmi allaqachon bajarilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Markaziy Osiyo davlatlarida har daqiqada to‘qqiz kvadrat metr yer cho‘llanib borayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust