Yorqinbek Odilov Paralimpiya rekordini o‘rnatib, medalsiz qoldi

Sport

image

Bugun, 28 avgust kuni Tokio-2020 Paralimpiadasida o‘zbekistonlik para yengil atletikachi Yorqinbek Odilov o‘z ishtirokini yakunladi.

Para yengil atletikaning F57 klassida nayza uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Odilov 47,52 metr natijani ko‘rsatdi va Paralimpiya rekordini o‘rnatdi. Biroq, ushbu rekord medal uchun yetarli bo‘lmadi. Odilov musobaqani 4-o‘rinda yakunladi.

Shu tariqa, o‘zbekistonlik sportchilar kunni 8 ta medal bilan tugatdi. Umumjamoa reytingida 12-o‘ringa ko‘tarilib olgan O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 11 taga yetdi: 4 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza.


Maqola muallifi

Teglar

Tokio-2020 Para engil atletika Paralimpiya rekordi Yorqinbek Odilov

Baholaganlar

898

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing