Yerga uy va samolyot kattaligidagi asteroidlar yaqinlashmoqda 

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Yerga o‘z orbitalari uchun minimal masofalarda uy va samolyot kattaligidagi potensial xavfli ikkita asteroid yaqinlashmoqda. Bu haqda NASA xabar bergan. 

Ulardan biri 2021 CF8 kosmik tanasi bo‘lib, uning diametri 52 metrga teng. 

U Yerga 4,8 million kilometr masofada 11,8 km/s yoki 42 000 km/soat tezlikda yaqinlashadi. 

Ikkinchisi esa diametri 19 metr bo‘lgan 2021 CN3 asteroidi bo‘lib, u sayyoramizga 2021 CF8 asteroididan yaqinroq, ya’ni, 4,3 million kilometr masofada yaqinlashadi. 

Joriy yilning 22 fevral kuni Yer sayyorasiga stadion kattaligidagi asteroid va bir nechta kichik asteroidlar yaqinlashgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

asteroid

Baholaganlar

456

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing