Yerga Xeops piramidasidan kattaroq asteroid yaqinlashmoqda

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Bugun, 14 may kuni Yerga Xeops piramidasidan kattaroq 2015 KJ19 asteroidi yaqinlashadi. Bu haqda NASA ma’lumotlariga asoslanib xabar berilgan.  

Ta’kidlanishicha, asteroid 88 dan 200 m gacha diametrga ega. U Toshkent vaqti bilan 15:04 da minimal masofada Yerga yaqinlashadi. 

Parvoz yo‘lining eng yaqin nuqtasi Yerdan Oygacha 15 baravar uzoqroq masofada joylashgan bo‘ladi. 

Qayd etilishicha, asteroidning hech qanday xavf tug‘dirmasligi aniqlangan. 

Avvalroq, NASA olimlari asteroidning Yerga qulashi modelini yasagani, ular insoniyat bunday tahdiddan o‘zini himoya qiluvchi vositalarga hali ega emasligini aniqlagani haqida ma’lumot berilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

asteroid

Baholaganlar

426

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing