Yerevanda namoyishchilar Pashinyanning iste’fosini talab qilmoqda
Olam
−
27 may
2943Yerevanda hukumat iste’fosini talab qilib, namoyishchilar yo‘llarni to‘smoqda. Namoyishchilar yetakchisi Bosh vazir Nikol Pashinyanni iste’foga chiqishini talab qilmoqda. Bu haqda “News.am” nashri xabar berdi.
“Armaniston maxsus kuchlari Yerevanda namoyishlarda qatnashgan namoyishchilarni hibsga olishni boshladi”, deb yozadi nashr.
Namoyishlardan olingan jonli kadrlarda politsiya yo‘llarni to‘sib qo‘ygan namoyishchilarni hibsga olganini ko‘rish mumkin. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Armaniston bo‘ylab ko‘cha va magistral yo‘llarni to‘sib qo‘ygan 67 kishi qo‘lga olindi.
Bundan tashqari, politsiya namoyishchilar yetakchisi, Arman apostol cherkovi Tavush yeparxiyasi rahbari, arxiyepiskop Bagrat Srbazan (Galstanyan) Sayat-Nova prospekti va Abovyan ko‘chasi chorrahasida transport harakatini to‘sib qo‘ygan mashinani ko‘chirishga uringan.
LiveBarchasi