Yerevan va Baku 1 iyunda tinchlik bitimini imzolashi mumkin
Olam
−
26 may 2023
2982Baku va Yerevan kelasi hafta tinchlik bitimini tuzishi mumkin. Bu haqda bugun, 26 may kuni Ozarbayjonning Fransiyadagi elchisi Leyla Abdullayeva Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammiti chog‘ida so‘z ochdi.
“Umid qilamizki, 1 iyun kuni Kishinyovda nihoyat tinchlik shartnomasi imzolanishi mumkin. Bu tarixiy va qo‘ldan boy bermaslik kerak bo‘lgan lahza”, deydi diplomat.
“Reuters”ning diplomatik manbalariga ko‘ra, sammit doirasida Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Olaf Shols ishtirokida muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 25 may kuni Armaniston Bosh vaziri Pashinyan Moskvada bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Yerevan va Baku bir-birining hududiy yaxlitligini o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishib olganini tasdiqlagandi. Shu kuni, u Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon yetakchisi Ilhom Aliyev bilan uch tomonlama muzokaralar o‘tkazdi. Oldinroq, 22 mayda esa u Qorabog‘ni o‘z ichiga olgan Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini tan olishini aytgan. Shu oy o‘rtalarida esa Pashinyan Bryusselda Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel vositachiligida ham Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Muzokaralardan so‘ng Mishel Baku va Yerevan temir yo‘l aloqasini tiklash masalasi bo‘yicha kelishuvga yaqin turganini e’lon qildi.
LiveBarchasi