Yerdan 3 mlrd km uzoqlikdagi asteroiddan suv topildi

Bu qiziq

image

NASA sayyoramizdan 3 mlrd km uzoqlikda joylashgan Bennu asteroididan uch hafta oldin Yerga olib kelingan tuproq tahlilining birinchi natijalarini e’lon qildi. Yulduzlararo changning kimyoviy tarkibini o‘rganish natijalari uning tarkibida ko‘p miqdorda uglerod va suv borligini ko‘rsatdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Arizona universiteti olimlarining aytishicha, bu kashfiyot sayyoramizdan tashqari cheksiz koinotning qaysidir nuqtasida hayot mavjud degan farazni tasdiqlaydi. Asteroidga sayohat to‘rt yildan ortiq davom etgan.

NASA’ning OSIRIS-REx missiyasi 2016 yil sentyabrida ishga tushirilgan bo‘lsa-da, qurilma 2020 yil oktyabr oyida o‘z manziliga yetib bordi va tuproq namunalarini yig‘di. OSIRIS’ga ortga qaytish uchun yana uch yil kerak bo‘ldi.

Qimmatbaho yuk Yuta cho‘liga olib ketildi va tahlil qilish uchun Texasning Jonson shahridagi NASA laboratoriyasiga yuborildi.

"Bu Yerga olib kelingan eng katta va uglerodga boy asteroid namunasidir", deydi NASA ma’muri Bill Nelson.

Uning kimyoviy tarkibi ancha qiziqroq. Nelsonning fikricha, namunadagi uglerod miqdori umumiy og‘irlikning 5 foizini tashkil qiladi va u nafaqat mineral shaklida, balki murakkab organik birikmalarda ham uchraydi.

Olimlar dastlab taxmin qilganidek, suv loy minerallarining kristall tuzilishida "qamalib" qolgan.

Bir versiyaga ko‘ra, yer darhol "ko‘k sayyora"ga aylanmadi: okeanlar, dengizlar, daryolar va ko‘llarni tashkil etuvchi deyarli barcha suvlar 4-4,5 mlrd yil oldin sayyoramiz asteroidlar tomonidan ommaviy bombardimon qilingan paytda koinotdan keltirilgan.

Laboratoriya olimlari bu tadqiqotning boshlanishi ekanini ta’kidladilar. Yulduzlararo chang donalari hali ham ko‘p sirlarni ochib berishi mumkin.

Shuning uchun olib kelingan namunaning uchdan bir qismi kichikroq bo‘laklarga bo‘linadi va keyingi tadqiqotlar uchun dunyo bo‘ylab o‘nlab laboratoriyalarga yuboriladi.


Maqola muallifi

Teglar

suv asteroid NASA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing