Yer yuzidagi eng keksa erkak tug‘ilgan kunini nishonladi
Olam
−
26 avgust
25362Sayyoradagi eng keksa erkak, britaniyalik Jon Alfred Tinnisvud o‘zining 112 yoshini nishonladi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
Aprel oyida Ginnesning rekordlar kitobi 111 yoshli Tinnisvudni eng keksa erkak deb tan olgan. Bungacha dunyoning eng keksa erkagi sifatida tan olingan venesuelalik Xuan Visente Peres Mora 114 yil yashagan.
Ma’lumot uchun, Tinnisvud 1912 yilda, Titanik cho‘kib ketgan yili Liverpulda tug‘ilgan. Uning hayoti davomida Buyuk Britaniya 24 Bosh vazirni ko‘rgan. U Angliyaning Sauzport shahridagi qariyalar uyida yashaydi. Tinnisvudning so‘zlariga ko‘ra, uning uzoq umr ko‘rish siri sof omaddir. Uning sog‘liqni asrash bo‘yicha asosiy maslahati me’yorga amal qilish.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 117 yoshli ispaniyalik ayolning vafotidan so‘ng ilgari alpinist bo‘lgan 116 yoshli yaponiyalik ayol Tomiko Itooka Ginnesning rekordlar kitobiga dunyoning eng keksa odami sifatida kiritilgan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr