Buker mukofotining eng keksa ğolibi aniqlandi: u fantastik asar yozgan
Madaniyat-san’at
−
18:21 267 2 daqiqa
Buyuk Britaniyalik 81 yoşli yozuvçi Jon Xarrison 2026 yilgi Buker mukofotiga sazovor böldi. U mukofot tarixidagi eng keksa laureatga aylandi. Bu haqda DW xabar berdi.
Ğolib keça, 9 noyabr kuni Londonda e’lon qilingan. Xarrisonga 50 ming funt sterling (qariyb 60 ming yevro) miqdoridagi mukofot uning “Hamma narsaning oxiri” (“The End of Everything”) nomli satirik antiutopik romani uçun berilgan.
Asarda yaqin kelajakda La-Manş böğozi sohilida yuz bergan falokat oqibatida jamiyatning vayron bölişi va Britaniyaga sirli ğayritabiiy mavjudotlar oqimi kirib kelişi tasvirlangan. Roman qahramoni – dengiz qirğoğidan tölqinlar çiqarib taşlagan buyumlarni yiğib kun keçiradigan erkak. U xolasi bilan yaşaydi va sohildan şaklini özgartira oladigan sirli aşyoni topib oladi.
Hakamlar hay’atiga rahbarlik qilgan tarixçi Meri Bird asarni bugungi siyosatning kelajak nuqtai nazaridan körinişi deb baholagan. Uning ta’kidlaşiça, kitob özi aslida anglab yetmagan falokatni boşdan keçirayotgan jamiyat haqida hikoya qiladi.
Bu yilgi mukofotning qisqa röyxatiga oltita roman kiritilgan. Ular orasida avval ham Buker mukofotini qölga kiritgan yamaykalik Marlon Jeyms va şotlandiyalik Duglas Styuart ham bor edi.
Ma’lumot uçun, Buker mukofoti 1969 yilda ta’sis etilgan. 2014 yildan buyon unga asari Buyuk Britaniya yoki Irlandiyada naşr etilgan istalgan ingliz tilida ijod qiluvçi yozuvçi da’vogarlik qilişi mumkin. 2025 yilgi mukofot kanadalik-vengriyalik-britaniyalik yozuvçi Devid Salayga “Göşt” (“Flesh”) romani uçun berilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Nobel qömitasi adabiyot böyiça Nobel mukofoti laureatini e’lon qilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi