Dunyodagi eng keksa ayol vafot etdi
Bu qiziq
−
04 yanvar
22062Dunyodagi eng keksa odam sifatida tanilgan yaponiyalik Tomiko Itooka 116 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Kyodo News” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayol imperator Meydzi davrida 1908 yil 23 mayda Osakada tug‘ilgan. Yoshligida u o‘rta maktabning voleybol jamoasi a’zosi bo‘lgan. U 1979 yilda turmush o‘rtog‘ining vafotidan so‘ng qoyaga ko‘tarilish va piyoda yurish bilan shug‘ullangan.
Hyogo prefekturasi hokimiyatiga ko‘ra, Itooka tibbiyot markazida vafot etgan.
Ma’lumot uchun, ayol 2023 yilning dekabr oyida Osaka prefekturasi Kashivara shahrida 116 yoshida vafot etgan Fusa Tatsumi o‘limidan keyin Yaponiya bo‘yicha eng keksa odam sifatida tanilgan edi. Shundan so‘ng, 2024 yil sentyabrida avvalgi rekord egasi 117 yoshli Maria Branyas Morera Ispaniyaning Kataloniya mintaqasidan vafot etganidan keyin Itooka dunyoning eng keksa tirik odami deb tan olingandi. Tarixda yoshi hujjatlarda qayd qilinib, eng uzoq umr ko‘rgan odam 122 yil 164 kun yashagan fransiyalik Janna Kalman hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil sentyabrda Ginnesning rekordlar kitobi vakillari Tomiko Itooka yashayotgan qariyalar uyiga tashrif buyurib, uning joriy maqomini tasdiqlovchi rasmiy sertifikatni topshirgandi.
LiveBarchasi