Yer usti metro liniyasining 5 ta bekati qurib bitkazildi
Jamiyat
−
25 mart 2023
8872“Qo‘yliq–Quruvchilar” yerusti metro yo‘lining 5 ta bekati qurib bitkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2020 yilning avgust oyida Toshkent yer usti metrosining I bosqichi, dekabr oyida esa Sergeli yo‘nalishi ochilgan edi.
Hozirda yer usti halqa metro yo‘lining II bosqichi – 8,5 km uzunlikdagi 5 ta bekatni o‘z ichiga olgan “Qo‘yliq–Quruvchilar” qismi qurib bitkazilgan. Loyihaning 3,8 km uzunlikdagi 2 ta bekatni o‘z ichiga oluvchi “Quruvchilar – Qipchoq” qismida qurilish ishlari olib borilmoqda.
Kecha, 24 mart kuni mazkur yo‘nalishlar bo‘ylab poyezdlar texnik harakati sinovdan o‘tkazilgan.
Texnik sinovlardan so‘ng mazkur yo‘nalishda bir kunda 40 mingga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi. Yo‘nalishlar orasidagi qatnovlar esa 15 daqiqani tashkil etishi rejalashtirilmoqda.
LiveBarchasi