Yer olib berishini aytib, fuqaroning salkam 53 ming dollarini sarflab yuborgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidan yer olib berishini aytib, fuqaroning 52 800 AQSH dollarini qo‘lga kiritgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro J.I. firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida fuqaro M.ning ishonchiga kirib, unga  tanishlari orqali tuman hududidan 24 sotix bo‘sh yer maydonini olib berishi evaziga 52 800 AQSH dollarini olib, o‘zining ehtiyojlariga sarflab yuborgani aniqlangan.    

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

50

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing