YeOII yoki JST? Jahon banki O‘zbekiston qaysi tashkilotni tanlashi kerakligini aytdi
Jamiyat
−
27 may 2022
13247O‘zbekiston agarda ham Jahon savdo tashkilotiga, ham Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishga qaror qilsa, birinchi bo‘lib JSTga a’zo bo‘lishi kerak. Bu haqda Jahon banki hisobotida so‘z boradi.
Hisobotda O‘zbekiston hozirgacha Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lmagani, mintaqaviy va jahon savdo bozorlariga integratsiyalashmagani qayd etilgan.
“Hukumat 1994 yilda JSTga a’zo bo‘lish uchun tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini boshlaganiga qaramay, jarayon deyarli e’tiborga olinmadi va oxir-oqibat to‘xtatildi. Bu jarayonni ertaroq qayta boshlash 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasining asosiy elementi hisoblanadi. Ushbu chora-tadbirlarning borishi COVID-19 pandemiyasi tufayli sekinlashdi, ammo o‘rta muddatli istiqbolda tadbirlar qayta tiklanishi va tezlashishi kutilmoqda. Ikki yillik muzokaralardan so‘ng O‘zbekiston yaqinda Yevropa Ittifoqining “umumiy imtiyozlar sxemasi” (GSM+)ga kirish huquqini qo‘lga kiritgan to‘qqizinchi davlat bo‘ldi. Ushbu rejim tarif liniyalarining uchdan ikki qismiga Yevropa Ittifoqi bozorlariga kirish uchun nol tariflarni o‘rnatish orqali barqaror rivojlanish va yaxshi boshqaruvni o‘z zimmasiga olgan mamlakatlar uchun maxsus imtiyozlarni taqdim etadi. O‘zbekiston shuningdek, 2014 yildan beri MDH Erkin savdo hududiga ham a’zo”, deyiladi JB hisobotida.
Tashkilot hukumat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqayotganiga to‘xtalib o‘tgan. Ta’kidlanishicha, YeOIIga a’zolik bojxona ittifoqi ishida ishtirok etishni va bojxona tariflarining yagona rejimiga kirishni nazarda tutadi. Tijoriy afzalliklaridan tashqari, a’zolik ishchi kuchi va kapital harakati uchun ko‘proq erkinlik beradi.
“2020 yilda O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘ldi. YeOIIga ham, JSTga ham qo‘shilish uchun normativ-huquqiy baza va tarif siyosatini uyg‘unlashtirish talab etiladi. Ushbu tashkilotlarga qo‘shilishdagi eng katta muammolardan biri, ehtimol, chegaralarni kesib o‘tishning qiyinligi va davlatning iqtisodiyotga yuqori darajadagi aralashuvi kabi notarif to‘siqlardir”, deyiladi hisobotda.
Jahon bankining ta’kidlashicha, Hukumat JSTga ham, YeOIIga ham qo‘shilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda, ekspertlar odatda global savdo aloqalarini ta’minlashni tavsiya qiladilar, buning uchun birinchi navbatda JSTga a’zo bo‘lish kerak va keyin mintaqaviy savdo shartnomalariga qo‘shilish kerak
LiveBarchasi