O‘zbekiston yana ikki davlat bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
Jamiyat
−
10 dekabr
3533O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha Pokiston va Tailand bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda Pokistonning JSTdagi doimiy vakili Ali Sarfraz Husayn va Tailandning JSTdagi vakili Pimchanok Pitfild LinkedIn`dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Ushbu protokol bozorga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlash to‘g‘risida qardosh mamlakatni Jahon savdo tashkilotiga a’zolikka yanada yaqinlashtiradi”, deb yozdi Ali Sarfraz Husayn.
Tailand vakili ham O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lishi to‘g‘risidagi protokolni imzolaganini ma’lum qildi.
“Biz O‘zbekistonning ko‘p tomonlama savdo tizimiga tezroq qo‘shilishini intiqlik bilan kutyapmiz va ishonamizki, JST oilasiga a’zolik O‘zbekistonga ko‘proq savdo va investitsiyalar olib keladi. Ikki tomonlama darajada bu mavjud savdo aloqalarini mustahkamlash va kelajakda xalqlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilishimizning tasdig‘idir”, dedi Pimchanok Pitfild.
Ma’lumot uchun, so‘nggi ikki oyda O‘zbekiston Salvador, AQSH, Xitoy va Filippin bilan shu bo‘yicha muzokaralarni yakunlagan.
LiveBarchasi