O‘zbekiston Xitoy bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
Jamiyat
−
29 noyabr
2649O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lib kirish bo‘yicha Xitoy bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov LinkedIn ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
“Pekin shahriga juda qisqa, biroq samarali tashrif bo‘ldi. Xitoy Xalq Respublikasi bilan ikki tomonlama muzokaralar nihoyasiga yetdi”, deb yozdi Azizbek O‘runov.
U Pekinda XXR Tijorat vazirligi, vazir o‘rinbosari Li Fey, departament direktori Li Defeng bilan muloqot qilgan.
“Yil yakunida O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zoligi bo‘yicha juda mazmunli bo‘lmoqda – ikkita eng yirik global savdo egalari – Amerika va Xitoy bilan muzokaralar yakunlandi”, deydi Prezidentning maxsus vakili.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 22 ta mamlakat bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lib kirish bo‘yicha muzokaralarni tugatdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy oy boshida O‘zbekiston AQSH bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlagandi. Hozirda tomonlar bozorga kirish to‘g‘risidagi bayonnomani imzolashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu orqali AQSH O‘zbekiston bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlagan 21-davlat bo‘ladi.
LiveBarchasi