O‘zbekiston Filippin bilan ham JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
Olam
−
02 dekabr
1496O‘zbekiston Filippin bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda kecha, 1 dekabr kuni prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov o‘zining LinkedIn sahifasida ma’lum qildi.
O‘runov va respublikaning JSTdagi elchisi Tixanki Manuel kecha, 1 dekabr kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda protokolni imzolagan. Marosimda JST bosh direktori o‘rinbosari Chjan Syanchen ham ishtirok etgan.
“Men Jenevada men biladigan eng yaxshi elchilardan biriga qatnashgani, qo‘llab-quvvatlagani va birgalikda yetkazib bergani uchun minnatdorlik bildirmoqchiman”, deydi O‘nurov.
Filippin O‘zbekiston bilan tashkilotga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlagan 23-mamlakat bo‘ldi. So‘nggi ikki oyda O‘zbekiston Salvador, AQSH va Xitoy bilan shu bo‘yicha muzokaralarni yakunlagan.
LiveBarchasi