YeOII mamlakatlarida benzin narxi oshdi

Olam

image

2023 yilda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zo davlatlarda benzin 7 foizga, dizel yonilg‘isi 9 foizga, elektr energiyasi uchun iste’mol narxlari esa 0,3 foizga qimmatlagan. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida ma’lum qilindi.

2023 yilning dekabr oyidagi yillik ko‘rsatkichlarga ko‘ra, YeOIIda avtomobil benzini narxi 10,6 foizga, dizel yoqilg‘isi bahosi 10,1 foizga, elektr energiyasi uchun to‘lovlar 10,2 foizga ko‘tarilgan. 

Shu jumladan, Armaniston benzin narxlari ko‘tarilishida yetakchi bo‘lib, mamlakatda bir yil mobaynida benzin narxi 24,3 foizga oshgan. Qozog‘istonda esa ushbu yonilg‘i narxi 13,7 foizga qimmatlagan. Shuningdek, qo‘shni davlatda dizel yoqilg‘isi narxi 15,2 foizga o‘sgan. Rossiyada esa bu ko‘rsatkich 10 foizni tashkil etmoqda.

YeOII ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil dekabr oyida benzinning o‘rtacha narxi quyidagicha bo‘lgan (1 litri uchun):

  • Armanistonda – 1,39 dollar;
  • Belarusda - 0,73 dollar;
  • Qozog‘istonda – 0,44 dollar;
  • Qirg‘izistonda – 0,71 dollar;
  • Rossiyada – 0,60 dollarga yetgan.


Abdullayev Azizbek


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

benzin narxi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing