Turkmaniston benzin narxi eng arzon 10 ta davlat qatoriga kirdi. O‘zbekiston-chi?
Olam
−
05 Sentabr
14433AI-95 benzini narxi eng past bo‘lgan davlatlar ro‘yxatida Turkmaniston top o‘ntalikka kirgan bo‘lsa, Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchi o‘rinni qayd etdi. Bu haqda “Global Petrol Prices” portali ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Turkmanistonda benzinning bir litri uchun narxi 0,0429 AQSH dollari turadi. Dunyo bo‘ylab eng arzon benzin narxi 0,029 dollar bo‘lib, Eronda qayd etilgan. Bundan tashqari, past narxlar Liviya (0,032 dollar), Venesuela (0,035 dollar), Misr (0,309 dollar), Jazoir, Quvayt (0,344 dollardan), Malayziya (0,471 dollar) va Nigeriyada (0,485 dollar) ham kuzatilgan.
Benzinning eng yuqori narxlari Isroil, Barbados, Singapur, Daniya, Shveysariya, Niderlandiya, Lixtenshteyn, Islandiya, Monako va Gonkong kabi davlatlarda qayd etilgan. Eng yuqori narx Gonkongda kuzatilmoqda – bir litr uchun 3,269 dollar.
Markaziy Osiyo davlatlarining benzin narxi bo‘yicha ko‘rsatkichi:
-
Turkmaniston – 0,0429 dollar (dunyo bo‘yicha 8-o‘rin)
-
Qozog‘iston – 0,507 dollar (11-o‘rin)
-
Qirg‘iziston – 0,874 dollar (30-o‘rin)
-
O‘zbekiston – 0,986 dollar (42-o‘rin)
Tojikistonda benzin narxi qancha ekanligi va uning dunyo reytingidagi o‘rni haqida ma’lumotlar keltirilmagan. Joriy yilning 2 sentyabr holatiga ko‘ra, dunyoda Ai-95 benzinining o‘rtacha narxi bir litr uchun 1,31 dollarni tashkil etadi. Benzin narxining bunday o‘zgarishi ko‘p jihatdan yonilg‘i solig‘ining milliy tuzilmalari va subsidiyalash siyosatidagi farqlar bilan izohlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida benzin importi savdosi bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan sohadagi muammolarni aniqlash va import imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan “ochiq muloqot”da tadbirkorlar O‘zbekistonda benzin narxi nega qimmatligi bo‘yicha bir qator muammolarni sanab o‘tgandi.
LiveBarchasi