YeOII davlatlari fuqarolari ittifoqning istalgan mamlakatida pensiya olishi mumkin bo‘ladi
Olam
−
13 yanvar 2021
4328Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqida pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi. Bu haqda Ittifoq Komissiyasining Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, hujjat ittifoq mamlakatlari o‘rtasida pensiyalarni eksport qilish tartibi va mexanizmini belgilaydi. Unga ko‘ra, pensiya olish huquqi Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi hududida ishlangan staj bilan belgilanadi.
Qayd etilishicha, bitimning asosiy maqsadi – ittifoq hududida ishlayotgan odamlarning pensiya huquqlarini shakllantirish, saqlash va amalga oshirish.
Bundan tashqari, ishchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, shu jumladan, nogironlik nafaqasini tayinlashdagi masalalar ham tartibga solingan.
Shuningdek, bitimda ushbu hujjat kuchga kirgunga qadar va undan keyingi davr mobaynidagi ish staji uchun pensiya tayinlash va to‘lash tartibi ham belgilangan.
Hujjatga ko‘ra, penionerlar doimiy yashash joyida bo‘lgani kabi, ishlagan va soliq to‘lagan davlatida ham pensiya olishlari mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqi hududida ishlovchilarning pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi bitim 2019 yilning 20 dekabr kuni Ittifoq Komissiyasi hamda Ittifoqka a’zo davlatlar tomonidan imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 dekabr kuni o‘tgan YeOII Oliy kengashining yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston rasman tashkilotda kuzatuvchi maqomini oldi. Bu o‘tish davri bo‘lib, mamlakatga keyingi pozitsiyasini aniqlashga yordam beradi.
LiveBarchasi