Yong‘inlar mavsumi davom etadi: Andijonda bir-biriga tutash uchta uy yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 15 iyun kuni Andijonda bir-biriga tutash uchta uy yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Kecha, soat 17:58 da Andijon shahri “Do‘stlik” MFY Mayboxcha ko‘chasidagi uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani haqidagi murojaat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 18:05 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in qurshab olingan. Soat 18:30 ga borib yong‘in bartaraf etilgan. 

Hodisa oqibatida bir-biriga tutush qurilgan 3 ta uyning taxminan 150 kvadrat/metr maydonida tom, shift va uy-jihozlari yonib zararlangan. Yong‘indan tan jarohati olganlar yoki halok bo‘lganlar yo‘qligi ma’lum qilingan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 14 iyun kuni Toshkentda ichida parfyumeriya mahsulotlari bo‘lgan yuk mashinasi yonib ketgandi. Shu kunning o‘zida, shuningdek,  Jizzaxadgi 7 qavatli turar joy binosida yong‘in chiqqani, Sirdaryoda avtobekatga o‘t ketgani hamda Toshkentdagi mis sexida portlash yuz bergani haqida xabar berilgandi. 12 iyun kuni esa Qo‘qondagi eng yirik bozor yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing