“Yengilgan kurashga to‘ymas”. Fyuri Usik bilan 3-marta jang qilmoqchi
Sport
−
01 may 3609 1 daqiqa
Super og‘ir vaznda ikki karra jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuri amaldagi WBC, WBA va WBO chempioni, ukrainalik Aleksandr Usik bilan uchinchi jangni o‘tkazish istagini bildirdi.
“Men bu yaramasni ikki marta urdim, haqiqatni dunyo biladi. Istalgan vaqtda, istalgan joyda. Keyingi safar Buyuk Britaniya, 100 ming kishi oldida jang bo‘ladi”, deydi Fyuri.
Fyuri va Usik o‘rtasidagi birinchi jang may oyida bo‘lib o‘tgan va ukrainalik bokschi hakamlarning bo‘lingan qarori bilan g‘alaba qozongan. Revansh jangi dekabr oyida bo‘lib o‘tdi va bu safar Usik bir ovozdan zafar quchdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolovning Usik bilan profboksda jang qilish ehtimoli juda kam ekanligi xabar qilingandi, chunki Usik 2 ta jangdan keyin profringdagi faoliyatiga yakun yasamoqchi.
Live
Barchasi