Yomg‘irda tezligini oshirgan Nexia bir uyum temirga aylandi. Yo‘lovchi vafot etdi

Jamiyat

image

Kecha, 13 may kuni Qashqadaryo viloyatida mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Natijada yo‘lovchi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 13 may kuni soat 12:30 larda, Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, Nazartepa qishlog‘idan o‘tuvchi 4K-278 “Beshkent-Denov” avtomobil yo‘lining 12 km.da, haydovchi 1984 yilda tug‘ilgan A.T. “Neksiya” rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirgan. Natijada yomg‘ir yog‘ganligi sababli yo‘lning xavfli burilish qismida sirpanib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Oqibatda, transport vositasi saloni oldi o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchi 1963 yilda tug‘ilgan A.T. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Kasbi tumani IIB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Yo'l-transport hodisasi

Baholaganlar

263

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing