Yelizaveta II spirtli ichimlik ichishdan voz kechdi
Olam
−
16 Oktabr 2021
5951Buyuk Britaniya qirolichasi, 95 yoshli Yelizaveta II shifokorlar tavsiyasi bilan spirtli ichimlik ichishdan bosh tortdi. Bu haqda “Telegraph” nashri manbalarga tayanib xabar bergan.
Manbalarga ko‘ra, Britaniya qirolichasi yaqinda sevimli ichimligi — martinidan voz kechgan va u endi faqat Malvern mineral suvini ichadi.
Ta’kidlanishicha, bu qaror Yelizaveta II ning shaxsiy tanlovi bo‘lgan.
“Yaqinda shifokorlar unga spirtli ichimlikdan voz kechish foydali bo‘lishini aytdi. U spirtli ichimliklardan butunlay voz kechishga qaror qildi, lekin u hech qachon ko‘p ichmagan”, deyilgan xabarda.
Ma’lum qilinishicha, qirolicha Yelizaveta II ning zich ish jadvali bor, unga joriy yilning noyabr oyida Glazgoda bo‘lib o‘tadigan COP26 iqlim sammiti va kelgusi yilda bo‘ladigan taxtga o‘tirishining platina yubileyi (70 yilligi) kiradi, u ushbu tadbirlarda eng yaxshi holatda bo‘lishni xohlaydi.
Avvalroq, Yelizaveta II ilk marotaba omma oldiga hassada chiqqani haqida xabar bergandik.
So‘nggi yillarda qirol oilasi ichki qarama-qarshiliklarga duch keldi. Ba’zi shahzodalar qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda ayblab, monarxiyaga qarshi axborot urushi boshladi. Bundan tashqari, Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i shahzoda Filipp 99 yoshida vafot etdi. Shahzoda Endryu bilan yuz bergan mojaro ham shov-shuvga sabab bo‘ldi. U balog‘atga yetmagan qizning nomusiga tegishda ayblanmoqda.
LiveBarchasi