Yelizaveta II shifokorlar taqiqidan so‘ng ilk bor omma oldiga chiqadi
Olam
−
12 noyabr 2021
2850Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II joriy yilning 14 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Xotira kuni marosimida ishtirok etishini tasdiqladi. Bu haqda Bukingem saroyi tarqatgan xabarda aytiladi.
“O‘tgan yillardagidek, qirolicha Tashqi ishlar vazirligi binosi balkonidan marosimni kuzatadi”, deyiladi 95 yoshli monarx idorasi bayonotida.
Bu qirolichaning oktyabr oyidan beri birinchi rasmiy ko‘rinishi bo‘ladi, shifokorlar unga ikki hafta dam olishni tavsiya qilgandi.
Davlat rahbari oxirgi marta joriy yilning 19 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tgan Global investitsiya sammiti munosabati bilan o‘tkazilgan qabulda omma oldiga chiqqan. Oradan ko‘p o‘tmay monarx idorasi qirolicha shifokorlar maslahati bilan Shimoliy Irlandiyaga tashrifini bekor qilgani haqida xabar berdi. 20 oktyabr kuni u shifoxonaga tashrif buyurgan va ertasi kuni Vindzor qal’asiga qaytib kelgan.
Oktyabr oyining oxirida shifokorlar unga yana ikki hafta davomida faol faoliyatdan voz kechishni tavsiya qilgan, biroq og‘ir bo‘lmagan vazifalarni bajarishiga qarshi chiqishmagan.
Ma’lumot o‘rnida, 2022 yilda o‘z hukmronligining 70 yilligini nishonlaydigan Buyuk Britaniya qirolichasi jamoat hayotida faolligicha qolmoqda.
LiveBarchasi