Yelizaveta II rahbarligidagi davlatlar bittaga kamayadi

Olam

image

Barbados Assambleyasi palatasi kecha, 29 sentyabr kuni konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlarni bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi, unga ko‘ra Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II endi Karib dengizi mamlakatining rahbari bo‘lmaydi. Bu haqda EFE agentligi xabar bergan.  

Qayd etilishicha, joriy yilning 30 noyabridan boshlab mamlakat rasman parlament respublikasiga aylanadi. 

Ma’lumot o‘rnida, Barbados — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo‘stlik tarkibidagi mustaqil davlat. Davlat boshlig‘i — Buyuk Britaniya qirolichasi, hokimiyatni general-gubernator amalga oshiradi. Barbados Karib dengizining sharqiy qismida joylashgan, unda 287 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Mamlakat 1966 yilda mustaqillikka erishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Britaniya Barbados Karib dengizi

Baholaganlar

550

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing