Yelizaveta II xotirasiga 7 mingta olmosli tilla tanga zarb qilindi
Bu qiziq
−
09 Sentabr 2023
3658Buyuk Britaniyada marhum Qirolicha Yelizaveta II xotirasiga yetti mingta olmos bilan bezatilgan ulkan tanga yaratildi. Bu haqda “MIR 24” nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tanga sakkiz mamlakat zargarlari tomonidan qo‘lda ishlangan. Oltin tanganing old tomonida malikaning 6 ta portreti bor. Orqa tomonda esa uning so‘nggi fotosurati aks etgan. Suratning atrofi Britaniya bayrog‘i shaklidagi qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan.
“Eng yaxshi hunarmandlar eng yaxshi materialdan foydalanishga harakat qildi. Biz malikaning hayotidan ilhomlanib, uning portretlarini tangaga joylashrtirdik. Bu asar uning xotirasiga ehtiromdir. Tanga avlodlar uchun meros bo‘lib qoladi”, dedi “Ost India” kompaniyasi rahbari Sanjeyev Mehta.
Ushbu pul birligi Yelizaveta II vafotining 1 yilligi munosabati bilan chiqarilgan. Noyob tanga juda katta hajmga ega bo‘lib, taxminan basketbol to‘pining o‘lchamiga mos keladi. Uni bezatishda ishlatilgan zargarlik buyumlarining umumiy qiymati 23 million AQSH dollariga teng. Agar u sotilsa, dunyodagi eng qimmat tangaga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya qirolichasini olib yurish uchun maxsus yasalgan va atigi 13 metr masofani bosib o‘tgan Garia Courtesy golf aravasi avgust oyida auksionga qo‘yilgandi.
LiveBarchasi