200 ming dollarlik olmosni og‘ziga yashirgan sayyoh qamaldi

Olam

image

Chet ellik fuqaro Singapurdagi zargarlik do‘konidan qimmatbaho toshni og‘ziga yashirgan holda o‘g‘irlab ketdi va bu qilmishi uchun qamaldi. Bu haqda “The Straits Times” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 1 sentyabr kuni Singapur sudi chet ellik turistni juda yirik miqdordagi o‘g‘rilik uchun ikki yil-u to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilgan. Jinoyat shahardagi eng hashamdor zargarlik do‘konlaridan birida sodir bo‘lgan. Jinoyatchi do‘konga qimmatbaho taqinchoq sotib olmoqchi bo‘lgan oddiy xaridor qiyofasida borgan.

Sotuvchi mijozga zargarlik buyumlarini ko‘rsatayotgan bir vaqtda, erkak xodimlarning e’tibori bir lahzaga chalg‘iganidan foydalanib qolgan. U qiymati qariyb 200 ming dollarlik olmos toshni sezdirmasdan olib, og‘ziga yashirgan. Do‘kon xodimlari toshning yo‘qolganini tezda payqab qolgan va politsiya yetib kelguniga qadar binodan chiqish yo‘llarini to‘sib qo‘ygan.

Qo‘lga olingan shaxs oxirigacha o‘z aybini tan olishdan bosh tortgan, biroq huquq-tartibot idoralari xodimlari uni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun yuborgan. Rentgen tasviri qo‘lga olingan shaxsning hazm qilish tizimida yot jism borligini ko‘rsatgan. Tosh tabiiy yo‘l bilan chiqarib olingach, jinoyatchi sudda o‘z aybiga iqror bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatidagi “Navoiy” chegara bojxona postida bolalardan foydalangan holda tilla quymalari va yirik miqdordagi naqd valyutani mamlakatdan noqonuniy olib chiqishga urinishlar aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing