Yelizaveta II qanday holatda taxtdan voz kechishi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
15 iyun 2021 9318 1 daqiqa
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bundan besh yil oldin — 90 yoshga to‘lgan kunida xolavachchasi Margaret Rodsga uni taxtdan voz kechishga majbur qiluvchi sabablar to‘g‘risida gapirib bergan. Bu haqda “Daily Star” nashri qirollik biografi Metyu Dennisonga asoslanib xabar bergan.
Dennisonning ta’kidlashicha, Yelizaveta II xolavachchasi Margaret Rodsga, agarda u Alsgeymer kasalligiga chalinmasa yoki insultni boshidan o‘tkazmasa, taxtdan voz kechmasligini aytgan. Bundan tushunish mumkinki, Yelizaveta II turmush o‘rtog‘i, Edinburg gersogi Filipp vafotidan keyin ham taxtdan aniq voz kechmaydi.
“Qirolichaning sog‘lig‘i yaxshi ekanligi haqida barcha belgilar mavjud, u imkon qadar uzoq vaqt bizning qirolichamiz bo‘lib qoladi”, degan yana bir qirollik tarixchisi Xyugo Vikers.
Ma’lumot o‘rnida, 1926 yilning 21 aprelida tug‘ilgan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 12 iyun kuni o‘zining 95 yoshini nishonlagandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025