Yelizaveta II birinchi marta niqob taqqan holda ko‘rinish berdi

Olam

image

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon birinchi marta ommaga himoya niqobi taqqan holda ko‘rinish berdi. 

Ma’lumotga ko‘ra, qirolichani 4 noyabr kuni Vestminster abbatligidagi noma’lum askarning dafn etilganiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda suratga olishgan. Surat Bukingem saroyi tomonidan oradan bir necha kun o‘tgach e’lon qilingan. 

Bunga qadar Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II jamoat joylarida himoya niqobi taqmagani uchun tanqidlarga uchragan. 

Avvalroq, Buyuk Britaniya shahzodasi Uilyam aprel oyida koronavirusga chalinib, buni ommaga sezdirmaganligi haqida ma’lumot bergandik.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Angliyada koronavirus tarqalishi tezlashgani sababli 5 noyabrdan 2 dekabrgacha yangi cheklovlar amal qilishini e’lon qilgan.

Mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirus bilan kasallanganlar soni bir milliondan oshgan, ulardan 49 mingdan ko‘prog‘i infeksiyadan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Elizaveta II

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing