Buyuk Britaniya shahzodasi hibsga olindi – OAV

Olam

image

Bugun, 19 fevral kuni Buyuk Britaniya politsiyasi qirol Charlz III ning ukasi shahzoda Endryuni Jeffri Epshteyn bilan aloqalari sabab hibsga oldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, u davlat lavozimida bo‘lgan vaqtida noto‘g‘ri xatti-harakatlarda gumon qilinmoqda. 

Mahalliy OAVga ko‘ra, Angliya sharqidagi Wood Farm hududiga oltita politsiya mashinasi va sakkiz nafar fuqarolik kiyimidagi zobitlar kelgan. Rasmiylarning ma’lum qilishicha, AQSH hukumati tomonidan yaqinda e’lon qilingan hujjatlarda shahzoda Endryu marhum moliyachi va jinsiy jinoyatlarda ayblangan Jeffri Epshteynga maxfiy hukumat hujjatlarini bergani haqida da’volar mavjud. Hozirda ushbu ma’lumotlar o‘rganilmoqda.

Marhum qirolicha Yelizaveta II ning ikkinchi o‘g‘li bo‘lgan shahzoda Endryu Epshteyn bilan bog‘liq har qanday qonunbuzarlikni rad etib kelgan. U ilgari Epshteyn bilan do‘st bo‘lganidan afsusda ekanini bildirgan, biroq so‘nggi hujjatlar e’lon qilinganidan keyin hech qanday izoh bermagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dubayda joylashgan global logistika giganti DP World rahbari Sulton Ahmad bin Sulaym “Epshteyn ishi” bilan aloqalari oshkor bo‘lgach, lavozimini tark etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Elizaveta II Jeffri Epshteyn Endryu Charlz III

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing