Sobiq shahzoda Endryu Epshteyn ishi doirasidagi tintuvlar sababli politsiyani sudga berdi
Olam
−
13:06 899 2 daqiqa
Sobiq shahzoda Endryu sudga Mauntbatten-Vindzor Temza vodiysi politsiyasiga qarshi da’vo arizasi kiritib, amerikalik moliyachi Jeffri Epshteyn bilan aloqalarini tergov qilish doirasida o‘tkazilgan tintuvlarning qonuniyligini shubha ostiga oldi. Bu haqda “Politico” xabar berdi.
Endryu joriy yilning fevral oyida qo‘lga olingan edi. O‘shanda politsiya uning Sandringem mulkidagi uyida va Vindzordagi sobiq Royal-Lodj qarorgohida tintuv o‘tkazgan. Qo‘lga olinganidan so‘ng u 12 soatdan ortiq so‘roq qilingan va keyinchalik garov evaziga qo‘yib yuborilgan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, tergov harakatlari davom etmoqda. Huquq-tirtibot organlari bir qator ehtimoliy huquqbuzarliklarni, jumladan, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish va Epshteynga maxfiy hukumat ma’lumotlarini berish, shuningdek, jinsiy xususiyatga ega ehtimoliy jinoyatlarni tekshirmoqda. Endryu o‘z aybini rad etmoqda.
Endilikda uning yuristlari Temza vodiysi politsiyasining so‘roviga binoan Old-Beyli sudyasi tomonidan berilgan tintuv orderlarining qonuniyligiga sudda e’tiroz bildirmoqchi.
“The Telegraph” nashrining yozishicha, shu hafta Oliy sudda sud ishi bilan bog‘liq hujjatlarni oshkor qilish mumkinligi masalasi ko‘rib chiqiladigan yopiq eshituv bo‘lib o‘tishi kerak.
Nashr, shuningdek, ushbu da’vo 1649 yilda qirol Karl I ustidan o‘tkazilgan suddan beri Britaniya qirollik oilasi a’zosi o‘ziga nisbatan jinoiy ta’qibning qonuniyligiga e’tiroz bildirayotgan birinchi holat bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq marhum moliyachi Jeffri Epshteyn bilan aloqalari sababli hibsga olingan sobiq shahzoda Endryu ilk bor omma oldida ko‘rinish bergani haqida xabar qilingan edi.
Live
Barchasi