Yolg‘izlik umrni 6 yilga qisqartirishi mumkin – tadqiqot

Bu qiziq

−

image

Yolg‘izlik va ijtimoiy izolyatsiya insonning og‘ir jismoniy hamda ruhiy xastaliklarsiz yashaydigan yillari sonini sezilarli darajada kamaytiradi. Bu haqdagi tadqiqot “SciTechDaily”da e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, Tyuleyn universiteti olimlari 40 yoshdan 69 yoshgacha bo‘lgan deyarli 280 ming kishining ma’lumotlarini tahlil qilib chiqqan. Tadqiqotchilar ijtimoiy aloqalarning yo‘qligi diabet, yurak xastaliklari, saraton, depressiya va tashvishlanish buzilishlari rivojlanishiga qanday ta’sir qilishini baholagan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, izolyatsiya va yolg‘izlik hissidan aziyat chekayotgan odamlar to‘laqonli hayot kechiradigan yillarini yo‘qotadi. 

Tadqiqotga ko‘ra, eng sezilarli zarba ruhiy salomatlikka to‘g‘ri keladi. Yolg‘izlikni boshdan kechirayotgan erkaklar ruhiy buzilishlarsiz ijtimoiy faol tengdoshlariga qaraganda deyarli 6 yil kamroq yashaydi. Ayollarda bu ko‘rsatkich pastroq – 4 yil atrofida. 

Shu bilan birga, oddiy ijtimoiy izolyatsiya o‘rnini to‘ldirish mumkin: to‘g‘ri ovqatlanish, sport va sog‘lom uyqu uning salbiy ta’sirini qisman yumshatadi. Biroq chuqur yolg‘izlik tuyg‘usi sog‘lom turmush tarziga deyarli bog‘liq emas. Ish mualliflari yolg‘iz bo‘lish va yolg‘izlikni his qilish o‘rtasidagi muhim farqni ta’kidlagan. Inson hamkasblari yoki qarindoshlari bilan muntazam muloqot qilishi, lekin baribir surunkali stressni keltirib chiqaradigan emotsional uzilishni his qilishi mumkin. Mutaxassislar jismoniy mashqlar va diyetaga qanchalik e’tibor qaratilsa, munosabatlar sifatiga ham shunchalik e’tibor berishni tavsiya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq olimlar ishqiy munosabatlardagi burilish nuqtalarini aniqlash uchun aniq matematik modellarni qo‘llagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing