Dunyodagi eng maşhur parol ma’lum böldi
Bu qiziq
−
17:17 423 2 daqiqa
Dunyoda eng köp qöllaniladigan parol yettinçi bor “123456” böldi. Şuningdek, “admin” va “12345678” ham eng köp tarqalgan parollar qatorida qolmoqda. Bu haqda NordPass kompaniyasining 2026 yilgi tadqiqotida ma’lum qilindi.
Tadqiqot NordPass va NordLayer Intelligence tomonidan kiberxavfsizlik sohasidagi mustaqil mutaxassislar bilan hamkorlikda ötkazilgan. Unda 2025 yil sentyabridan 2026 yil sentyabrigaça bölgan davrda oçiq ma’lumotlar sizib çiqişi holatlari va darknetda tarqalgan parollar tahlil qilingan. Tadqiqot 44 ta mamlakatdagi parol tendensiyalarini qamrab olgan.
Hisobotga köra, “123456” ketma-ket sakkiz yillik tadqiqotlarning yetti nafarida eng köp işlatilgan parol sifatida birinçi örinni egallagan. Joriy yilgi reytingda ham birinçi uçlik özgarmagan: “123456” birinçi, “admin‘” ikkinçi, “12345678” esa uçinçi örindan joy olgan. “password” paroli yettinçi öringa tuşgan, “1234” esa kuçli beşlikka kirgan.
Tadqiqotçilar parollarni tanlaşda ommaviy madaniyat ham ta’sir körsatişini aniqlagan. Xususan, sportçilar, musiqaçilar, video öyinlar, anime va ijtimoiy tarmoqlar nomlari parollarda köp uçraydi. Masalan, “Lebron0319”, “Savage20”, “roblox.com1” va “kibiditoilet” kabi kombinatsiyalar qayd etilgan.
Şuningdek, COVID-19 pandemiyasi ham parollar tanloviga ta’sir körsatgan. “Covid\@19”, “Covid-19” va “corona2020” kabi kombinatsiyalar keng tarqalgan. Tadqiqotda 2020 yil fevral va oktyabr oylari oraliğida foydalanuvçilardagi parollar soni örtaça 25 foizga oşgani ham qayd etilgan.
NordPass mutaxassislari foydalanuvçilarga kamida 15 belgidan iborat, katta va kiçik harflar, raqamlar hamda maxsus belgilarni öz içiga olgan murakkab parollardan foydalanişni tavsiya qilgan. Şuningdek, har bir akkaunt uçun alohida parol belgilaş, köp bosqiçli autentifikatsiyani yoqiş va parollarni muntazam yangilab boriş kerakligi ta’kidlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kembrij luğati 2026 yilning eng asosiy sözini e’lon qilgandi. Uşbu maqomga “human” (“inson”) sözi loyiq körilgan. Bu sun’iy intellekt rivojlanib borayotgan bir paytda insoniy fazilatlarga bölgan qiziqiş ortib borayotganini aks ettiradi.
Live
Barchasi