Yolg‘iz otning changi chiqmas. AQSH Xitoyga qarshi xalqaro koalitsiya tuzmoqchi
Olam
−
21 iyul 2020
15665AQSH Xitoyga qarshi tura oladigan xalqaro koalitsiya tuzishni xohlayapti. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo Londonda Buyuk Britaniya Tashki ishlar vaziri Dominik Raab bilan o‘tkazgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
“Biz (Pekindan kelayotgan) tahdidni tushunadigan koalitsiya tuzishimiz va jamoaviy urinishlar bilan Xitoy Kompartiyasni bunday xatti-harakat mamlakat manfaatlariga ishlamasligiga ishontirishimiz mumkin”, dedi Pompeo Xitoyni tizimli ravishda xalqaro huquq normalarini buzib kelishda ayblab.
Xususan, u Janubiy-Xitoy dengizidagi vaziyatni, Xitoy va Hindiston qarama qarshiligini, Xitoyning haqiqiy ma’lumotlarni yashirishi natijasida koronavirus infeksiyasining tarqalib ketishidagi rolini eslatib o‘tdi.
Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Vashington erkinlik va demokratiya qadrini tushungan dunyo davlatlari Xitoy Kommunistik partiyasidan kelayotgan tahdidni ham sezishi kerakligini xohlaydi. Davlat kotibi davlatlarni Xitoyga qarshi birgalikda harakat qilishga chaqirgan va Buyuk Britaniya ham shu yo‘nalishda harakat qilishini qo‘shib o‘tgan.
Pompeo anjumanda yana bir bor Xitoyni davlat kompaniyalari orqali amerika intellektual mulklarini o‘g‘irlashda aybladi.
LiveBarchasi