Germaniyada koalitsiyaning qulashi Berlinga foyda keltirishi mumkin – FP
Olam
−
09 noyabr
2275Germaniyada hukmron koalitsiyaning (Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (SPD), Yashillar, Erkin demokratik partiya (EDP) parchalanishi AQSHda saylangan prezident Donald Trampning hokimiyat tepasiga kelishi munosabati bilan Berlinga foyda keltirishi mumkin. Bu haqda “Foreign Policy” jurnali xabar berdi.
Qayd etilishicha, Trampning qayta saylanganidan bir kun o‘tib, “koalitsiya qulagan dahshatli bir paytda” Germaniya va Yevropaga beqarorlik davriga kirish tahdid solayotgandek tuyulishi mumkin. Ammo aslida Berlindagi inqiroz uning foydasiga bo‘lishi mumkin.
Jurnal uch partiyadan iborat koalitsiya “parchalangan va qat’iyatsiz” ekanini ta’kidlagan.
“Tramp Oq uyga qaytib kelganida, Germaniya va Yevropa Berlinda deyarli to‘liq falaj bo‘lishi mumkin emas”, deyiladi xabarda.
AQSH saylovlarida ovoz berish Toshkent vaqti bilan 6 noyabr kuni ertalab yakunlandi. Rasmiy natijalar hali sarhisob qilinmagan, biroq, Amerika matbuotiga ko‘ra, Tramp allaqachon 300 ga yaqin saylovchilar ovozini qo‘lga kiritgan, g‘alaba uchun esa 270 ta ovoz kerak. Uning o‘zi allaqachon o‘zini AQSHning 47-prezidenti deb e’lon qilgan. Hukmron Demokratik partiya nomzodi Kamola Harris mag‘lubiyatini tan oldi va respublikachini saylangan prezident deb atadi.
Germaniyada keskin siyosiy inqiroz esa koalitsiyada byudjet, moliyaviy va iqtisodiy siyosat, shu jumladan Kiyevga keyingi yordam va qarz tormozini yumshatish masalasi (byudjetdan ko‘proq pul sarflashni taqiqlovchi qoida) bo‘yicha kelishmovchiliklar tufayli yuzaga keldi.
6 noyabr kuni Germaniya kansleri Olaf Shols moliya vazirini ishdan bo‘shatishga qaror qildi. Shuningdek, u 2025 yil 15 yanvarda Bundestagda o‘z hukumatiga ishonch masalasini ko‘tarmoqchi ekanini bildirdi. Agar deputatlar ishonch bildirmasa, qonunga ko‘ra, Prezident 21 kun ichida parlamentni tarqatib yuborishi kerak. Bundestag tarqatib yuborilganidan keyin 60 kun ichida yangi saylovlar o‘tkazilishi zarur.
LiveBarchasi