YeK Ukrainani Rossiyaning muzlatilgan pullaridan qayta qurmoqchi
Olam
−
21 Oktabr 2022 5329 1 daqiqa
Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel Yevropa Ittifoqining Bryusseldagi sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukrainaga yordam berish uchun foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqishini aytdi.
“Biz muzlatilgan aktivlar va ulardan Ukrainani qayta tiklash hamda Ukrainaga yordam berish uchun foydalanishni ko‘rib chiqishimiz kerak”, deydi u.
Mishelning qo‘shimcha qilishicha, bu masala 25 oktyabr kuni Germaniyada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Ukrainaga yordam bo‘yicha xalqaro konferensiyada ko‘tarilishi mumkin.
Shu bilan birga, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen o‘z nutqida Yevropa Ittifoqining Ukrainaga qayta qurish bo‘yicha yordami uni YeIga a’zo bo‘lish yo‘lida qo‘llab-quvvatlash uchun mamlakatdagi islohotlar bilan birga borishi kerakligini ta’kidlagan.
Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per brifingda Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish uni tiklashni, buning uchun Rossiya mablag‘laridan foydalanish imkoniyatini nazarda tutishi kerakligini aytgan edi.
Live
Barchasi