YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili o‘z missiyasini yakunladi
Jamiyat
−
05 dekabr
1356O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha, 4 dekabr kuni o‘z vazifasini yakunlayotgan Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terxi Xakala bilan uchrashdi. Bu haqda Saidov Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili sifatida o‘z missiyasini yakunlayotgan Terxi Xakala xonim bilan uchrashishdan mamnunmiz”, degan vazir.
Shuningdek, vazir Terxi Xakalaga O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning Yevropa Ittifoqi bilan yanada faol aloqalariga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun minnatdorlik bildirgan.
Uchrashuv davomida Samarqand shahri kelasi yilda “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammitiga mezbonlik qilishi ham ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, Teri Xakala finlyandiyalik diplomat bo‘lib, chet ellarda turli diplomatik lavozimlarda, shu jumladan Rossiya, Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo va Jenevada elchi vazifasida ishlagan. U Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili lavozimiga tayinlanmasidan oldin Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligining texnologiyalar va xavfsizlik bo‘yicha elchisi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Agostino Pinna mamlakatdagi missiyasini yakunlagandi. Uning o‘rniga esa Piyergabriyele Papadia de Bottini Italiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlangandi.
LiveBarchasi